Shrift tanlab oling Arial Times New Roman
Belgilar orasida oraliq masofa (kerning): Standart O’rtacha Katta
Loyiha qiymati $150 mlnni tashkil etib, u o‘z ichiga ekobozor, sovutgich omborxonasi, avtoturargoh hamda 4 yulduzli mehmonxonani qamrab oladi.
Poytaxtning Yakkasaroy tumanida joylashgan Askiya dehqon bozori rekonstruksiya qilinadi. Hokimlik loyiha amalga oshirilishi natijasida 150 mln dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtirilishini ma’lum qildi.
Yakkasaroy tumanidagi Askiya dehqon bozori qayta qurilib, yerosti avtoturargoh, ekobozor, sovutkich omborxona va 4 yulduzli mehmonxona barpo etiladi. 150 mln dollarga baholanayotgan loyiha muallifi hozircha ma’lum emas. Iqtisodchi Otabek Bakirovning so‘zlariga ko‘ra, 1,8 gektarlik hududni egallagan Askiya bozori yer qiymatining o‘zida baholansa ham, 27 mln dollardan kam turmaydi.
«Аския деҳқон бозори» АЖ Кузатув Кенгаши 2024 йил 30 сентябр куни соат 11-00 да акциядорларнинг навбатдаги умумий йиғилиши ўтказилишини маълум қилади. Акциядорларни рўйхатга олиш 2024 йил 30 сентябр соат 10-00 дан бошланади. Йиғилиш жамият маъмурий биносида бўлиб ўтади.